Suriya poytaxtida ikki portlash ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Birinchi portlash politsiyachilar to‘planadigan klubda, ikkinchisi esa sabzavot bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan.
Mazkur teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)