Rossiya Turkiyadan urib tushirilgan Su-24 uchun rasman kechirim so‘ralishi, aybdorlar jazolanishi va yetkazilgan zarar qoplanishini kutmoqda. Bu haqda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Prezident Vladimir Putin o‘zaro munosabatlardagi keskinlikni bartaraf etish uchun Turkiya nimalar qilishi lozimligini boshidayoq bildirgan. Biz rasman uzr so‘ralishi, aybdorlar jazolanishi va davlatga yetkazilgan zarar qoplanishini kutmoqdamiz” , — deya ta’kidlagan Karlov.
Elchining bildirishicha, Turkiya bo‘lib o‘tgan hodisadan afsusda ekanligining o‘zi yetarli emas. Aytib o‘tilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar avvalgi holga qaytishiga umid qilmasa ham bo‘ladi.
Izoh (0)