Qrim-tatarlari majlisining Xerson viloyatidagi (Ukraina) vakolatxonasi yaqinida 7-fevral, yakshanbaga o‘tar kechasi portlash yuz berdi. Bu haqda Qrim-tatarlari yetakchilaridan biri Rifat Chubarov ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Chubarovning aytishicha, ofisga granata tashlangan bo‘lishi mumkin. Portlash tufayli yerto‘la eshigi shikastlangan. Boshqa shikastlanishlar yo‘q, jabrlanganlar haqida bildirilmagan. Binoga nima sababdan granata uloqtirilgani haqida aniq dalillar yo‘q.
Majlis rahbariyati sodir bo‘lgan hodisani Rossiya tarafdori bo‘lgan kuchlarning Ukraina janubi, xususan, Xerson viloyatidagi vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan provokatsiyasi, deb hisoblamoqda.
Izoh (0)