Qohiradan janubda misrlik harbiylar bilan otishma natijasida to‘rt jangari yo‘q qilindi, deya xabar bermoqda “TASS” Misr ichki ishlar vazirligiga tayanib.
O‘ldirilgan ekstremistlar mahalliy “Agnad Masr” (“Misr qo‘shini”) guruhiga kirgan, ular ikki yilcha avval kuch tuzilmalariga qarshi urush e’lon qilgan va bir necha marta teraktlar uyushtirib, politsiyachilar o‘limiga sabab bo‘lgan edi.
Giza provinsiyasida hibsga olishga urinish chog‘ida terrorchilar tartib posbonlariga qarata o‘t ochgan va javob o‘ti bilan o‘ldirilgan. Ular yashiringan uydan avtomatik qurol va portlovchi moddalar topilgan.
Izoh (0)