BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreya tomonidan raketa uchirilganini qat’iyan qoraladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Xavfsizlik Kengashi KXDR tomonidan 2016-yil yanvarida o‘tkazilgan yadro sinoviga javoban “jiddiy choralar” ko‘rish niyatini yana bir bor bildirdi.
Avvalroq KXDR ballistik raketa uchirishi munosabati bilan BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari majlisi boshlangani xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 7-fevral, yakshanbaga o‘tar kechasi uzoq masofaga parvoz qiluvchi raketani uchirdi. Yaponiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, parvoz mahalliy vaqt bilan 09:31 (Toshkent vaqti bilan 05:31)da Okinava yo‘nalishida amalga oshirilgan.
Keyinroq Shimoliy Koreya aerokoinot agentligi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan tashuvchi raketa muvaffaqiyatli uchirilgani haqidagi hisobotni chop etdi.
Izoh (0)