Shveysariyaning Lozanna shahri rasmiylari ko‘p shovqin yuzaga keltirayotgani uchun ovozsiz diskotekalarni taqiqladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bunday diskotekalar barlarning yassi tomlarida o‘tkaziladi. Shovqinsiz diskotekalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, musiqa dinamiklarda emas, quloqchinlarda yangraydi.
Biroq mahalliy aholi shovqindan shikoyat qilgan. Ularning noroziligining asosiy sabablaridan biri diskotekaga kelganlarning doimiy ravishda kuylashidir.
Bu turdagi diskotekalar tashkilotchisi Oliver Meylan shaharda yoshlar orasida ommabop tadbirlar yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi. Bar egalari uning fikrini qo‘llab-quvvatlaganiga qaramay, Lozanna rasmiylari shovqinsiz diskotekalarni tashkil qilishga ruxsat bermadi.
Izoh (0)