2015-yil yakunlari bo‘yicha Xitoydan kapital olib chiqib ketilishi yetti barobar o‘sib, kuzatuvlar tarixidagi rekord ko‘rsatkich —1 trillion dollarni tashkil etdi. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
O‘tgan yil dekabrida investorlar mamlakatdan 158,7 milliard dollarni olib chiqqan, bu noyabrga nisbatan 50 milliard dollarga ko‘p. Solishtirish uchun, 2014-yilda Xitoydan jami 134,3 milliard dollar olib chiqilganini aytish mumkin.
Tahlilchilar kapitalning bunchalik katta hajmda chiqib ketayotganini Xitoy xalq banki yuan kursini dollar emas, jahon valyutalari savatchasi orqali belgilayotgani, shuningdek, mamlakatda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari pasayishi kuzatilayotgani bilan bog‘lagan.
2015-yilda Xitoy oltin-valyuta zaxiralari hajmi 513 milliard dollarga kamayib, 3,33 trillion dollarni tashkil etgan. Bu 1992-yildan beri kuzatilayotgan birinchi pasayish. Ekspertlar taxminiga ko‘ra, 2016-yil oxiriga borib, zaxiralar yana 300 milliard dollarga kamayib, 3 trillion dollarga tushib qoladi.
Izoh (0)