Tailandning Thai Smile Airways kompaniyasi mamlakatda ancha mashhur bo‘lib ketgan Luk Thep qo‘g‘irchoqlariga xizmat qiladi. Qo‘g‘irchoqlarga ham xuddi odamlar singari xizmat ko‘rsatiladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bu “yo‘lovchilar”ga xizmat ko‘rsatish, chipta, ichimlik va yegulik sotishni o‘z ichiga oladi.
Agar yo‘lovchi qo‘g‘irchog‘i uchun chipta sotib olishni istamasa, qo‘g‘irchoq qo‘l yuklari orasida ketishiga to‘g‘ri keladi.
Aviakompaniya qo‘g‘irchoq yo‘lovchilar uchun bir qator qoidalar ham ishlab chiqdi. Jumladan, ularga avariyaviy chiqish joyi yaqinida o‘tirish taqiqlanadi, bundan tashqari, uchish va qo‘nish vaqtida kamarlarni bog‘lab olgan bo‘lishi kerak.
Luk Thep yoki “Farishta bolasi” qo‘g‘irchog‘i Tailandda keng tarqalgan. Ularning narxi bir necha yuz dollarga yetishi mumkin. Mahalliy aholi ularda farishta bolalarining qalbi borligiga ishonadi. Bundan tashqari, agar Luk Thep qo‘g‘irchog‘i yaxshi parvarish qilinsa, u albatta omad keltiradi, deb hisoblanadi.
Izoh (0)