Rossiyada qurilish sohasida Turkiyaga nisbatan cheklovlar kengaytiriladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Umumrossiya xalq fronti mintaqalararo forumidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, hozir Rossiya hududidagi qurilish sohasida 300 ga yaqin Turkiya kompaniyalari umumiy summasi 50 milliard dollarlik shartnomalarni bajarmoqda. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu “jiddiy raqam”.
“Amaldagi shartnomalar ishlab turibdi, lekin, shunga qaramay, bu sohadagi cheklovlar kengaytiriladi”, — dedi Putin.
Uning aniqlik kiritishicha, amaldagi shartnomalarni bekor qilmaslik qarori Rossiya manfaatlariga zarar yetkazmaslik uchun qabul qilingan.
Putin turkiyalik quruvchilar o‘rniga rossiyaliklar kelishini aytib o‘tdi. Bu orqali Rossiyada 87 ming ishchi o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Izoh (0)