Barak Obama uchun AQSh prezidentligiga saylovlardagi eng muhim jihat — uni Demokratlar partiyasi vakiliga almashtirishidir. Bu haqda Oq uy rahbari Politico gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Birinchi afroamerikalik prezidentni birinchi ayol prezident almashtirishiga qanday qarashi haqidagi savolga javoban Obama Amerika siyosatida ayollar ko‘p bo‘lishi, o‘zining qizlari ham ular uchun imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini his etishini istashini bildirgan.
Hillari Klintonga baho berar ekan, AQSh prezidenti “u mamlakatni birinchi kundanoq boshqarishga qodir. Unda ushbu lavozimga qachondir da’vogarlik qilgan istalgan nomzodga qaraganda tajriba katta”, deya ta’kidlagan.
Izoh (0)