Afg‘onistonda olti kishi, jumladan, besh nafar maktab o‘quvchisi mashinaning daryoga qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Yana uch kishi jarohatlangani aytilayotgan hodisa Nuriston viloyatida ro‘y berdi, deya xabar qiladi “TASS”.
Hama Press ma’lumotlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilari kechki payt viloyat poytaxti —Parun shahridagi universitetda bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlaridan uyga qaytayotgan bo‘lgan. Agentlikning bildirishicha, halokatga ko‘prikning holati sabab bo‘lishi mumkin, chunki viloyatdagi ko‘priklarning aksariyati ta’mirtalab ahvolda.
Izoh (0)