Suriyalik qochoq Gollandiyaning Zandam shahri yaqinidagi boshpana izlovchilarni qabul qilish markazida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Hodisa 20-yanvar, chorshanba kuni kechqurun ro‘y bergan, deb xabar qiladi “TASS”.
Noordhollands Dagblad nashri xabariga ko‘ra, erkak Suriyaning Aleppo shahridan kelgan. U o‘ziga yonuvchi suyuqlik sepib, yoqib yubordi. Shundan keyin erkak Turkiyada qolib ketgan bolalarini ko‘rishni istayotgani haqida qichqira boshladi. Suriyalikka uning yurtdoshlari yordamga yetib keldi, ular o‘tni o‘chirib, tez yordam chaqirdi. U yaqin oradagi gospitalga yuborildi, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Suriyalik erkak Zandam yaqinidagi palatalardan iborat lagerda besh oydan beri yashab keladi. U kelganida boshpana masalasidagi talabnoma uch oy ichida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilishgandi. Ammo hozirgacha bu masala ko‘rib chiqilgani yo‘q.
Bir qancha qochoqlar arizalar tezroq ko‘rib chiqilishi uchun ochlik e’lon qilishini bildirdi. Kuzatuvchilarning aytishicha, hujjatlarning sekin rasmiylashtirilishi natijasida Niderlandiyadagi qochoqlar orasida tushkunlik oshib bormoqda.
Izoh (0)