Janubiy Afrika respublikasining Kakamas shahrida yashovchi keksa ayol buzilgan sovutish kamerasi ichidan bo‘g‘ilib o‘lgan besh nafar nabirasi jasadini topdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uchdan yetti yoshgacha bo‘lgan besh nafar bola buzilgan sovutish kamerasi turgan hovlida o‘ynagan. Shu asnoda ular kamera ichiga kirgan, biroq eshik zich yopilib, tashqariga chiqolmay qolgan.
Tergovchilar bolalarning o‘limi bo‘g‘ilish oqibatida ro‘y berganini aniqladi. Ular mahalliy OAVda chiqish qilib, bolalarni kattalar qarovisiz o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Izoh (0)