Vladimir Leninning jasadini dafn qilish masalasi Kremlning kun tartibidan joy olmagani, hatta muhokama qilinmayotganini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Bu masala kun tartibida umuman yo‘q”, — dedi Peskov.
Jurnalistlar yana Kreml vakilidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nima uchun Leninning faoliyatini keskin tanqid qilgani bilan qiziqdi.
“Suhbat ancha ochiq tarzda o‘tdi, turli nuqtai nazarlar aytildi va ushbu nutqda prezident tomonidan o‘z nuqtai nazari bildirdi”, — dedi Peskov. Matbuot kotibi, shuningdek, “har bir kishi, shu jumladan, prezident ham u yoki bu shaxsning tarixdagi roliga o‘z munosabatini bildirish huquqiga ega” ekanligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning oxirida Rossiya Davlat dumasi deputati Ivan Suxarev Vladimir Leninni qaytadan dafn qilish tashabbusi bilan chiqqan edi.
Izoh (0)