Hududlarining tozalanishi sifatidan norozi bo‘lgan Moskvadagi “Novoye Domodedovo” turar-joy majmuida istiqomat qiluvchi aholi ularga xizmat ko‘rsatadigan “Prima” boshqaruv kompaniyasi eshigini qor bilan to‘sib tashladi. Bu haqda Tjournal xabar bermoqda.
“Qor tozalashdagi ahvol juda yomon, uyga umuman yaqinlashib bo‘lmaydi. Mashinani qo‘yishning ham iloji yo‘q, hammayoqni qor qoplagan. Butun tumanda shunday holat deb o‘ylayman”, — deya shikoyat qilgan fuqarolardan biri.
Izoh (0)