AQSh hukumati Iroq harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyotlari uchun lazer ko‘rsatkichli bombalar, “havo-havo” turkumidagi boshqariluvchi raketalar va boshqa aslahalar sotilishini ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh mudofaa vazirligining mudofaa bo‘yicha hamkorlik va xavfsizlik agentligi mazkur qaror to‘g‘risida mamlakat qonun chiqaruvchilarini 15-yanvar kuni ogohlantirgan. Ularda 1,95 milliard dollar baholanayotgan kelishuvni ma’qullash yoki rad etish uchun 30 kun muddat bor.
Ushbu summadan 550 million dollar bevosita qurol-yarog‘ uchun ajratiladi. Qolgan mablag‘ texnik qo‘llab-quvvatlash, logistika va amerikalik xodimlarning aviabazalarda ish bilan ta’minlashga sarflanadi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, Iroqqa u yerda 2020-yilgacha yashaydigan va ishlaydigan 400 nafar mutaxassis yuborilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)