Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda gripp tufayli 46 kishi nobud bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Vaziyat epidemiyagacha yetib bormadi, biroq, afsuski, bugungi kunga kelib Ukrainada gripp oqibatida 46 ta o‘lim holati qayd etilganini bildirishga majburmiz. Kasallikka asosan katta yoshdagi aholi chalinayotgan bo‘lsa-da, hokimiyat tizimlariga Kiyev rasmiylari kabi maktablarni vaqtinchalik yopish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etamiz”, — deya ta’kidlagan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Roman Vasilishin.
Izoh (0)