Germaniyada 3,6 ming kishini o‘ldirishda qatnashganlikda ayblanayotgan 95 yoshli erkak sud oldida javob beradi. Bu haqda Noybrandenburg shahri sudi vakiliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi Osvensim konsentratsion lageridagi 3681 nafar mahbusning o‘limiga aloqador. U o‘lim lagerida 1944-yilning 15-avgustidan 14-sentabrigacha sanitar bo‘lib ishlagan. Shu bilan birga u Nemis milliy-sotsial ishchi partiyasi (NSDAP)ning harbiy tuzilmasi — SS a’zosi bo‘lgan.
Dastlabki eshitish jarayoni mart oyida bo‘lib o‘tadi. Aniq jadval sudlanuvchining sog‘lig‘idan kelib chiqib tuziladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning iyul oyida Osvensim konsentratsion lagerida soqchi bo‘lib ishlagan Hisobchi laqabli 94 yoshli germaniyalik Oskar Gryoning ommaviy qotilliklarga sheriklikda aybdor deb topilib, to‘rt yillik qamoqqa mahkum etilgandi.
Izoh (0)