Novosibirsk viloyat klinik kasalxonasi jarrohlari noyob amaliyot — bir jigarni ikki mijozga ko‘chirib o‘tkazishga (split-transplantatsiya) qo‘l urdi. Bu haqda viloyat hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Amaliyotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bir donorlik organidan ikki nafar katta yoshli mijozlar uchun foydalanildi. Viloyat kasalxonasi jarrohlari jigar donorning vujudida ikkiga ajraladigan in situ splitting texnologiyasini qo‘lladi. Olingan qismlar transplantatsiyaga muhtoj bemorlarga ko‘chirib o‘tkazildi”, — deyiladi mazkur xabarda.
Dunyoda split-transplantatsiya texnologiyasidan donorlik organlari tanqisligi tufayli foydalanilmoqda. Ikki insonning hayotini saqlab qolish uchun donor jigari o‘ta sifatli bo‘lishi, qismlarga ajralgandan so‘ng ham o‘z vazifasini to‘laqonli bajarishi talab etiladi.
Oldinlari Rossiyada bu texnologiya faqat “bola va katta yoshli kishi” juftligida qo‘llanilgan, ikki nafar katta yoshdagi insonlar uchun esa faqat bir marta, 2014-yilda sinab ko‘rilgandi.
Izoh (0)