Shimoliy Koreya yadro sinovlaridan voz kechish shartlarini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, buning uchun AQSh Janubiy Koreya bilan harbiy mashg‘ulotlardan voz kechishi va Pxenyan bilan tinchlik shartnomasini tuzishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq KXDR Janubiy Koreyaga Amerikaning qanotli raketalar va yadro kallaklariga ega B-52 strategik bombardimonchi samolyotlari joylashtirilishi tufayli AQShning yadroviy qudratiga yadro quroli bilan javob qaytarishini aytib, tahdid qilgandi.
Izoh (0)