Burkina-Faso xavfsizlik xizmati poytaxt Uagadugudagi terrorchilar tomonidan egallab olingan Splendid Hotel mehmonxonasi shturmi chog‘ida garovda ushlab turilgan 63 kishini ozod qildi. Ular orasida Burkina-Faso davlat xizmati, mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Pengvinde Kleman Savadogo ham bor. Bu haqda, Reuters ma’lumotlariga ayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, garovga olinganlarni qutqarish va terrorchilarni zararsizlantirish bo‘yicha operatsiyada Burkina-Faso kuch tizimi xodimlariga Fransiya va AQSh mutaxassislari yordam bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 15-yanvar, juma kuni kechki payt Burkina-Faso poytaxti Uagadugudagi Splendid Hotel mehmonxonasiga hujum uyushtirildi, uning uchun javobgarlikni “Mag‘ribdagi Al-Qoida” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)