Yevropa komissiyasi Apple soliq siyosati yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Uning yakunlari bo‘yicha kompaniyaga 8 milliard dollar miqdorida jarima qo‘llanishi mumkin, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Apple AQShdan tashqarida olayotgan daromadlaridan soliq to‘lashdan qochish uchun Irlandiyadagi sho‘ba korxonalaridan foydalanishda gumon qilinmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Apple ayni paytda 1,8 % stavkasi bo‘yicha soliq to‘lamoqda. Agar Yevrokomissiya kompaniya uchun soliq tartibini qattiqlashtirish to‘g‘risida qaror qilsa, Apple 2004—2012-yillarda olgan 64,1 milliard dollar miqdoridagi daromadga 12,5 foizli stavka qo‘llaniladi.
Izoh (0)