London birjasidagi elektron savdolar chog‘ida Brent markasidagi neft narxi 2004-yil fevralidan buyon birinchi marta bir barreli uchun 29 dollardan pasaydi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” savdo ma’lumotlariga tayanib.
Toshkent vaqti bilan 15-yanvar 22:35 holatiga ko‘ra, WTI markasidagi yengil neft fevral fyucherslari Nyu-York savdo birjasi (NYMEX)da 6,41 foizga — bir barreli uchun 29,20 dollargacha tushib ketdi.
Londonning ICE Futures birjasida fevralda yetkazib beriladigan Brent markasidagi neft fyucherslari 6,49 foizga — bir barreli uchun 28,88 dollargacha pasaydi.
Izoh (0)