AQSh prezidenti Barak Obama 15-yanvar, juma kuni meksikalik hamkasbi Enrike Penya Nyeto bilan telefon orqali muloqotda bo‘lib, “Pakana” laqabli narkobaron — Xoakin Gusman Loeraning qo‘lga olingani bilan tabrikladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Obama Meksika prezidenti bilan bir qator mintaqaviy va xalqaro masalalar, jumladan, Tinch okeanidagi hamkorlik bo‘yicha savdo kelishuvini ham muhokama qilgan.
Muloqot chog‘ida “Sinaloa” narkokarteli rahbarining AQShga ekstraditsiyasi haqida ham gap ketgan yoki yo‘qligiga oydinlik kiritilmagan. Amerikada Gusman narkotiklar kontrabandasi uchun bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh (0)