15-yanvar juma kuni ertalab Ukrainaning Lvov shahridan Kiyevga yo‘l olgan samolyot salondagi tutun tufayli oradan 20 daqiqa o‘tib, aeroportga qaytib qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda ushbu reysda bo‘lgan yo‘lovchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Segodnya.ua”.
Aeroport matbuot xizmati jurnalistlarga mazkur hodisa yuzasidan ma’lumot berishdan bosh tortgan va qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan. Lvov viloyat favqulodda xizmat matbuot xizmati rahbari Vitaliy Turovsev xizmatga yong‘in yoki avariyali qo‘nish haqida ma’lumot berilmaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)