London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolar chog‘ida neftning jahon narxi tushishda davom etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” savdo ma’lumotlariga tayanib.
WTI markasidagi yengil neft fevral fyucherslari Nyu-York savdo birjasi (NYMEX)da 4,39 foizga — bir barreli uchun 29,85 dollargacha tushib ketdi.
Londonning ICE Futures birjasida fevralda yetkazib beriladigan Brent markasidagi neft fyucherslari 3,8 foizga — bir barreli uchun 29,83 dollargacha pasaydi.
Izoh (0)