15-yanvar, juma kuni “Ash-Shabob” jangarilari Somali janubidagi Afrika Ittifoqi tinchlikparvar kuchlarining harbiy bazasiga hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lumotlariga ko‘ra, xudkush terrorchi boshqargan minalashtirilgan avtomobil baza darvozasiga kelib urilgan, shundan so‘ng jangarilar ichkariga kirgan va jang boshlangan.
“Jangchilarimiz o‘qotar qurollar yordamida otishmaga kirishdi. Baza biz tomonimizdan egallangan”, — deya ma’lum qilgan guruh vakili Abduazis Abu Musab.
Afrika Ittifoqi vakillari Somali poytaxti Mogadishodan taxminan 550 kilometr uzoqlikda ro‘y bergan mazkur hodisaga hozircha izoh bermagan.
Izoh (0)