Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Jalolobod viloyatida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar saqlanadigan maxfiy omborni aniqladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Huquqni himoya qilish organlari versiyasiga ko‘ra, u terrorchilik tashkiloti tarafdorlariga tegishli.
Maxfiy ombor 14-yanvar kuni Jalolobod viloyatidagi aholi punktlaridan birida o‘tkazilgan aksilterrorchilik tadbiri chog‘ida topilgan. U yerda granatomyot va 6 mingdan ziyod patronlar bo‘lgan.
Maxfiy boshpanani tashkil qilishda gumonlanib, Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olindi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, u yaqinda Suriyadagi jangovar harakatlar hududidan o‘z vataniga qaytib kelgan. U 2015-yil iyulida Bishkekda yo‘q qilingan terrorchilik guruhiga aloqador ekanligi aniqlangan. Ayni paytda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli tergov-tezkor tadbirlar olib borilmoqda.
Izoh (0)