Afrikadagi Benin davlati bosh vaziri Lionel Zinsu bo‘lgan vertolyot Jugu shahridagi stadionga quladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Vertolyotning qulash sabablari hozircha noma’lum. Uning bortida bo‘lganlar, jumladan, Zinsu ham omon qolgan. Mazkur ma’lumotni mamlakat ichki ishlar vazirligi vakili ham tasdiqlagan.
Shu yil iyun oyida bosh vazirlik lavozimini egallagan Zinsu 2016-yil fevralida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)