Kanada fuqarosi Lotto Max lotereyasida 60 million Kanada dollari (43,3 million AQSh dollari) yutib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
G‘olibning nomi ma’lum qilinmagan, faqat omad keltirgan chipta Ontario viloyatining Missisaga shahrida xarid qilingani bildirilgan, xolos.
Bu Kanada lotereyalari tarixidagi summasi bo‘yicha uchinchi yutuq. 2015-yil oktabrida Lotto Max jekpoti 46,36 million dollarni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda — 45,9 million dollardan iborat yutuq.
Izoh (0)