Eron rasmiylari havoning kuchli ifloslangani tufayli ikki kunga poytaxt Tehrondagi barcha maktab va bolalar bog‘chalarini yopdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hukumat maktab hamda bog‘chalarni “ifloslanish va salomatlik uchun xavfsiz bo‘lmagan sharoitlar” sababli yopish haqida ko‘rsatma bergan. Mamlakatning Isfahon va Arak kabi yirik shaharlarida ham maktablar faoliyati to‘xtatilgani aytilmoqda.
Izoh (0)