Nigerda shu haftada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan 9 nafar qurolli kuchlar zobiti hibsga olindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Massudu Xassumi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirning aytishicha, “fitna rejalashtirgan to‘qqiz nafar zobit qamoqqa olingan va harbiy tribunal oldida javob beradi”. Kuch tizimi xodimlarining bildirishicha, to‘ntarish 18-dekabr kuni amalga oshirilishi lozim bo‘lgan. Uni fitnachilar rejalari va harakatlari haqida rasmiylarni muntazam ravishda ogohlantirib turgan bir qator zobitlar hushyorligi, amaldagi hukumatga sodiqligi tufayli fosh etishga muvaffaq bo‘lingan. Mazkur holat bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda.
Ayni paytda Nigerda 2016-yil 21-fevralda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ketmoqda. Amaldagi prezident Maxamadu Issufu ham ushbu saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ygan.
Izoh (0)