Primoryedagi safari bog‘ida yashovchi yo‘lbars Amur va echki Timur Instagram’da o‘z akkauntiga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ularning Instagram’dagi sahifasiga 400 ga yaqin foydalanuvchi obuna bo‘lishga ulgurdi. Bu yerga bog‘ rahbariyati jonivorlarning do‘stona munosabatlari aks etgan eng yorqin fotosuratlarni joylaydi.
Avvalroq echki Timur va yo‘lbars Amurning xulqi keyingi vaqtlarda biroz o‘zgarib, birgalikda kam vaqt o‘tkazadigan bo‘lgani xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, mashhur bo‘lib ketgan do‘stlar – yo‘lbars Amur va echki Timurning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari, internet-do‘koni va alohida latifalar sahifasi ochilgan edi.
Izoh (0)