Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarga SU-24 bilan bog‘liq mojaro tufayli putur yetganidan afsusda ekanligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida Peskov Turkiya Su-24 urib tushirilgani uchun aybni tan olmayotganligi haqidagi savolga javob berar ekan, “Buni mutlaqo tushunib bo‘lmaydi. Faqat bir necha o‘n yillar davomida mustahkam poydevori yaratilgan munosabatlarimiz shunchalik darajada buzilganidan chuqur afsuslanish mumkin”, deya ta’kidlab o‘tgan.
Izoh (0)