Parijda 13-noyabr kuni sodir bo‘lgan ketma-ket teraktlar natijasida jabrlanganlarga hamda qurbon bo‘lganlarning oilalariga to‘lanadigan tovon puli 300 million yevrogacha bo‘lishi mumkin. Bu haqda Fransiya adliya vaziri Kristian Tobira OAV vakillariga ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 6,7 million yevro teraktda halok bo‘lganlarning qarindoshlariga to‘lanib bo‘lgan. Yana 771 ming yevro qurbonlar oila a’zolarining transport xarajatlarini qoplashga va teraktda jabrlanganlarga yo‘naltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Parijda 13-noyabr kuni teraktlar ketma-ketligi sodir etilib, qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi yaralangan edi.
Avvalroq Fransiya maxsus xizmatlari 2010-yildan buyon Parijning “Bataklan” konsert zalida ehtimoliy terakt xavfi haqida ma’lumot olgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)