Minskda yosh yigit o‘zi yangi tanishgan qizning uyidan 24 million Belarus rubli (taxminan 1300 dollar) miqdorida pul o‘g‘irlab, uni qiz uchun romantik ziyofat uyushtirishga sarfladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Minsk ichki ishlar organlariga qizning onasi murojaat etib, yirik summadagi mablag‘ yo‘qolganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, 20 yoshli qizi internetda 28 yoshli yigit bilan tanishgan va uni uyga mehmonga chaqirgan. Qiz mehmonni biroz vaqtga uyda yolg‘iz qoldirgan, qaytib kelgach, yigit uni qimmatbaho restoranga olib borgan.
Pul yo‘qolganini ertasi kuni sezib qolishgan. Yigit jinoiy qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U firibgarlik, o‘g‘irlik, bosqinchilik uchun muqaddam sudlanganligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)