AQShda neftning tijorat zaxiralari hafta mobaynida, 4 dan 11-dekabrgacha 4,84 million barrelga ko‘payib, 490,70 million barrelga yetdi. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Bloomberg agentligi tomonidan so‘rov o‘tkazilgan ekspertlar zaxiralar 1,5 million barrelga kamayishini taxmin qilgandi. Londondagi ICE birjasi Brent turidagi neftning fyuchers shartnomasi 2 foizga pasayib, barrel uchun 37,66 dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)