Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Doha shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston futzal uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
5-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ilk bahsda Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 4:5 hisobida yutqazib qo‘ygandi.
Ikkinchi uchrashuvning birinchi bo‘limida O‘zbekiston vakillari mezbonlar darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritdi. Dilshod Irsaliyev va Konstantin Sviridovlar o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘ydi.
Tanaffusdan so‘ng qatarliklar hisobni qisqartirdi. Irsaliyev dublga erishib, yana ikki to‘p farqini yuzaga keltirdi. Bahsdagi so‘nggi golni mezbonlar urdi — 2:3. Shu tariqa O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qatarni mag‘lub etdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Izoh (0)