Kuvayt kubogi uchun “Al-Jahra” va “Xaytan” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yin shayxlardan biri boshlab bergan ommaviy mushtlashish tufayli to‘xtatildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Oldiniga shayxga zaxira hakamining harakatlari yoqmadi. Hamkasbining yonini olgan bosh hakam esa baloga qoldi — uni tepkilab tashlashdi. Bunday vaziyatda o‘yinni to‘xtatsa ham bo‘lardi, biroq hakamlar davom ettirishga qaror qildi. Bu esa o‘yinchilardan birining maydondan chetlatilishi hamda futbolchilar, hakamlar va shayxlar ishtirok etgan yana bir mushtlashuvga olib keldi.
Izoh (0)