Moskvaning SSKA klubi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining so‘nggi turidagi Gollandiyaning “PSV” jamoasiga qarshi safar o‘yinida 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. De Telegraaf nashri bergan xabarga ko‘ra, tanaffus vaqtida (hisob 0:0 bo‘lib turganda), Rossiya klubi vakillari 25 ta pitssaga buyurtma bergan, deb yozadi “Chempionat”.
Uchrashuv yakuniga yetgandan keyin buyurtma qilingan pitssalar “Filips” stadioniga yetkazib berildi.
Golland jurnalistlari SSKA futbolchilari pitssani maza qilib yeganiga shubha bildirib, kinoya qildi. Chunki mag‘lubiyatdan so‘ng Moskva klubi yevrokuboklardagi ishtirokini to‘xtatdi.
Izoh (0)