Turkiya mamlakat harbiylari mahalliy kurd jangchilariga mashg‘ulot o‘tayotgan Iroqning Mosul viloyatidagi Bashik tumanida doimiy harbiy bazani joylashtiradi. Bu haqda Hurriyet Daily News manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, baza joylashtirilishi haqidagi kelishuv Iroq Kurdistoni yetakchisi Mas’ud Barzoniy va Turkiyaning o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Faridun Sinirlio‘g‘li o‘rtasida uning shimoliy Iroqqa 4-noyabrda uyushtirgan tashrifi chog‘ida imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, Iroq rasmiylari turk harbiylari Bashik hududiga kiritilishini “suverenitetning buzilishi” deb atagan va ular zudlik bilan mamlakatni tark etishini talab qilgan.
Izoh (0)