Ozarbayjonning Kaspiy dengizidagi akvatoriyasida joylashgan neft platformasida yong‘in yuzaga keldi, natijada 32 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon Neftchilar huquqini himoya qilish tashkiloti rahbari Mirvari Gaxramanliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“32 ishchi halok bo‘ldi, 42 kishi o‘tgan kecha qutqarildi. Platformadagi yong‘in to‘liq o‘chirildi”, — dedi u.
Ozarbayjon Davlat neft kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in gaz quvuriga yetgan zarar tufayli kelib chiqqan.
Izoh (0)