Turkiya rossiyalik uchuvchining jasadini Shimoliy Suriyadan olib o‘tib, 29-noyabr, yakshanba kuni rossiyalik diplomatlarga topshirdi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Oleg Peshkovning jasadi solingan tobut tez yordam mashinasida Turkiya janubida, Suriya bilan chegara yaqinidagi Xatay aeroportining yozgi maydoniga yetib keldi. So‘ng Anqaraga yetkazildi, uni aerodromda Rossiya elchisi va harbiy attashesi kutib oldi. Jasad Rossiyaga qachon qaytarilishi xabar berilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 bombardimonchi samolyoti Suriyaning Latakiya provinsiyasiga, Turkiya chegarasiga yaqin bo‘lgan hamda Rossiya aviatsiyasi bazasi joylashgan hududga qulagan edi.
Izoh (0)