Kembrij gersogi va gersoginyasi qizi Sharlottaning ikki yangi fotosuratini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Fotosuratlar Kensington saroyining Twitter’dagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan.
“Kembrij gersogi va gersoginyasi malika Sharlottaning ikki yangi fotosuratini ulashishdan bag‘oyat mamnun. Suratlar gersoginya tomonidan noyabr oyi boshida Norfolkdagi uyda olingan”, — deyiladi xabarda.
Fotosuratlardagi malika gulli ko‘ylak va pushti koftacha kiygan, qo‘lida yumshoq o‘yinchoq bor. Ikkinchi suratda u obyektivdan boshqa tomonga qarab turgani tasvirlangan.
Izoh (0)