29-noyabr, yakshanba kuni Gvatemala poytaxtidan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan qamoqxonada mahbuslarning qurolli isyoni ro‘y berdi. Mazkur hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, biroq ularning mahbus yoki qo‘riqchilar ekanligi hozircha noma’lum, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, isyon mahbuslardan ayrimlari Kalashnikov avtomati bilan qurollanishga muvaffaq bo‘lganidan so‘ng sodir etilgan. Isyonni bostirish va qamoqxona hududini nazorat ostiga olish uchun politsiya maxsus kuchlari va armiya bo‘linmalari jo‘natilgan.
Izoh (0)