Tayvan va Xitoy mamlakatlar rahbarlarining tarixiy uchrashuvidan so‘ng mislsiz yaxshi niyat belgisi sifatida bir-birining josuslarini o‘z yurtiga qaytarib yubordi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xitoy Tayvan harbiy razvedkasi vakillarini to‘qqiz yillik hibsdan so‘ng ozod etdi. Tayvan hukumati, o‘z navbatida, xitoylik josusni shartli ravishda muddatidan avval qo‘yib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Tayvan prezidenti Ma Inszyu 7-noyabr kuni Singapurda 1949-yildagi Xitoy fuqarolar urushi yakunlanganidan beri ilk marta uchrashgan edi.
Izoh (0)