BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Su-24 samolyoti urib tushirilganidan so‘ng Rossiya va Turkiya o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroli vaziyatdan chuqur xavotirda ekanligini bildirib, ikki davlatni munosabatlardagi keskinlikni yumshatishga chaqirdi. Bu haqda Parijda 30-noyabr, dushanba kuni o‘z ishini boshlaydigan iqlim bo‘yicha xalqaro anjumanga yetib kelgan bosh kotib Associated Press agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ikki mamlakat yetakchilarini keskinlikni pasaytirishga da’vat qilaman. Agar koalitsiya bo‘yicha sheriklarda kelishmovchilik va keskinlik kuzatilsa, bu holat terrorizmga qarshi kurash uchun umumiy sa’y-harakatlarni safarbar etishda yordam bermaydi”, — deya ta’kidlagan Pan Gi Mun.
Izoh (0)