22-noyabr, yakshanba kuni Meksikadagi Puebla shtatida ro‘y bergan yirik avtohalokatda kamida 11 kishi halok bo‘ldi va 15 kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Meksika rasmiylarining ma’lum qilishicha, Puebla shtatida avtobus va yengil avtomobil avval to‘qnashib, so‘ng yonib ketgan. Halokatda jabrlanganlar kasalxonalarga yotqizilgan.
Politsiya hozircha yuz bergan hodisaga nima sabab bo‘lganini oshkor qilgani yo‘q.
Izoh (0)