Kiyevda 35 yoshli erkak samolyot bortiga qo‘l yuki ichida granata olib kirishga urindi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Donetsk fuqarosi ushbu holat yuzasidan politsiyachilarga izoh berarkan, shunchaki, shaxsiy buyumlarini taxlash chog‘ida sumkasidan o‘q-dorilarni chiqarib qo‘yishni “unutgani”ni aytdi.
Granata qonunbuzardan olib qo‘yildi va ekspertizaga jo‘natildi.
Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar yo‘lovchida aniqlangan predmetlar “RGD-5” jangovar granatasi va “UZRGM-2” piltasiga o‘xshash ekanligini qayd etdi.
“Qurol-yarog‘dan noqonuniy ravishda foydalanish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Ayni paytda tergov davom etmoqda. Erkak yetti yilgacha muddatga qamalishi mumkin.
Izoh (0)