Mutaxassislar shu haftaning birinchi yarmida Rossiyaning so‘nggi imperatori Nikolay II (imperatorlik davri 1894—1918-yy.) va uning oilasi o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoiy ishga oid yangi irsiy ekspertiza doirasida imperator Aleksandr III (imperatorlik davri 1881—1894-yy.) jasadi qoldiqlarini o‘rganishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Sankt-Peterburgdagi Petropavlovsk cherkovida joylashgan Aleksandr III qabri 24-noyabr, seshanba kuni ochilishi kutilmoqda. Jasad qoldiqlari chiqarib olinganidan so‘ng uning namunalari Moskvaga ekspertizaga jo‘natiladi”, — deya ma’lum qilgan agentlikka ushbu jarayondan xabardor manba.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Romanovlar imperatorlik uyi a’zolarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq jinoiy ish yuzasidan tekshiruvlarni qaytadan boshlashga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)